Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Jahon chempioni «Oltin to‘p»ni nega Yamalga berish kerakligini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi, 1998 yilgi jahon chempioni Biksant Lizarazyu 2026 yilgi «Oltin to‘p» mukofotiga kim munosib ekani haqida fikr bildirdi.

Nufuzli mukofotni topshirish marosimiga bir hafta qoldi. Tantanali tadbir 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Lizarazyuning fikricha, «Barselona»ning yosh yulduzi Lamin Yamal mazkur sovrinni qo‘lga kiritishga eng munosib futbolchi hisoblanadi.

«Men doimo o‘z mezonlarimga amal qilishga harakat qilaman. Birinchi mezon — jamoaviy yutuqlar.

Ortimizda ikkita juda muhim musobaqa — Chempionlar ligasi va jahon chempionati o‘tkazilgan mavsum qoldi.

Shu sababli asosiy da’vogarlar qatorida Xvicha Kvarasxeliya, Lamin Yamal va Usmon Dembeleni ko‘raman.

Ikkinchi mezon esa futbolchining maydondagi daholigi. Bu borada men uchun faqat bitta nomzod bor — Yamal.

Uning so‘nggi paytlarda maydonda ko‘rsatayotgan o‘yinini bir ko‘ring. Uning darajasi yanada oshdi.

To‘g‘ri, Yamal 2026 yilgi jahon chempionatida qandaydir favqulodda o‘yin namoyish etmadi. Ammo u baribir jahon chempioni bo‘ldi, Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.

U fenomenal futbolchi», — deya Lizarazyuning so‘zlarini keltiradi Actu Foot.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilgi «Oltin to‘p» mukofoti Usmon Dembelega nasib etgan edi.

Lamin Yamal esa o‘sha yilgi ovoz berish natijalariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egallagan.

Kiritildi: 08:38, 19.10.2026.
O'qildi: 920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик