"Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Serjiu Konseysau Italiya klubidagi faoliyatini eslab, unga ko‘proq vaqt berilganida, jamoa bilan yaxshiroq natijalarga erishishi mumkinligini ta’kidladi.
Portugaliyalik mutaxassis uchun eng og‘riqli xotiralardan biri Italiya kubogi finalida "Bolonya"dan uchralgan mag‘lubiyat bo‘lib qolmoqda.
"Italiya kubogi finalidagi o‘sha mag‘lubiyat hali ham menga tinchlik bermayapti.
Agar "Milan"da qolganimda, hammasi butunlay boshqacha kechishi mumkin edi, deb o‘ylayman.
Ammo endi nima ham qila olardik? Bularning barchasi o‘tmishda qoldi.
Ishonchim komilki, agar o‘sha paytda ixtiyorimizda kuchliroq tarkib bo‘lganida, ko‘proq sovrinlarni qo‘lga kiritardik", — deya Konseysauning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, hozirda "Milan"ni yana bir portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim boshqarmoqda.
U joriy yilning yozida Italiya klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.













