Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 19:00 Navbahor 3-1 G'azalkent
21/10 21:45 Lill 2-4 Galatasaroy
21/10 21:45 Komo 4-1 Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante 3-1 Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya 2-2 Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid 4-1 RB Leypsig
21/10 23:59 Inter 1-0 Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa 3-1 Viking
21/10 23:59 Betis 1-0 Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge 3-0 Lans
21/10 23:59 Sporting 2-3 LASK
22/10 18:30 Bunyodkor - Mash’al
23/10 19:00 Paxtakor - Neftchi
23/10 19:00 Buxoro - Surxon
23/10 23:45 Torino - Monsa
24/10 00:00 Alaves - Malaga
24/10 00:00 Ipsvich - Nottingem Forest

De Dzerbi Meddisonning asosiy tarkibga qaytish ehtimoli haqida gapirdi

De Dzerbi Meddisonning asosiy tarkibga qaytish ehtimoli haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi Angliya Premyer-ligasining 7-turida "Koventri"ga qarshi o‘yin oldidan Jeyms Meddisonning jismoniy holati haqida ma’lumot berdi.

Italiyalik mutaxassisning aytishicha, 29 yoshli yarim himoyachi asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor. Biroq uning uchrashuvni dastlabki daqiqalardan boshlashi hali aniq emas.

"Meddison "Koventri"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor. Ammo uni boshlang‘ich tarkibga kiritamanmi yoki yo‘qmi, hozircha bilmayman.

Eng yaxshi jismoniy holatga qaytish uchun ko‘plab uchrashuvlarda ishtirok etish kerak.

Shu bilan birga, shunday futbolchilar borki, ular hatto 10–20 daqiqa o‘ynab ham uchrashuv natijasiga ta’sir ko‘rsata oladi.

Jeyms ana shunday futbolchilardan biri", — deya De Dzerbining so‘zlarini keltiradi Last Word On Spurs.

Meddison joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida beshta uchrashuvda ishtirok etdi. Biroq hozircha gol yoki golli uzatma qayd etmadi.

E’tiborlisi, angliyalik yarim himoyachi ushbu mavsumda hali biror marta asosiy tarkibda maydonga tushmagan.

"Tottenxem" va "Koventri" o‘rtasidagi uchrashuv 19 oktyabrdan 20 oktyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 11:16, 19.10.2026.
O'qildi: 445 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик