Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 19:00 Navbahor 3-1 G'azalkent
21/10 21:45 Lill 2-4 Galatasaroy
21/10 21:45 Komo 4-1 Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya - Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid - RB Leypsig
21/10 23:59 Inter - Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa - Viking
21/10 23:59 Betis - Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge - Lans
21/10 23:59 Sporting - LASK
23/10 23:45 Torino - Monsa
24/10 00:00 Alaves - Malaga
24/10 00:00 Ipsvich - Nottingem Forest

"Paxtakor" Ilgiz Tantashevning hakamligidan norozi bo‘lib, rasmiy shikoyat kiritdi

"Paxtakor" Ilgiz Tantashevning hakamligidan norozi bo‘lib, rasmiy shikoyat kiritdi

Baho:
+ | -2

"Paxtakor" futbol klubi "Navbahor"ga qarshi uchrashuvdagi hakamlik qarorlaridan norozi bo‘lib, bosh hakam Ilgiz Tantashev yuzasidan rasmiy e’tiroz bildirdi.

Toshkent klubi rahbariyati bahsli vaziyatlarni o‘rganish uchun tegishli da’vo arizasi kiritganini ma’lum qildi. Shuningdek, hakamlik qarorlari tahlil qilingan videomaterial tayyorlanib, ommaviy axborot vositalaridan masalani keng yoritish so‘raldi.

"Paxtakor" qaysi vaziyatlardan norozi?

Klub bayonotida ta’kidlanishicha, uchrashuv boshidanoq ikki jamoa futbolchilariga nisbatan intizomiy choralar bir xil mezonlar asosida qo‘llanmagan.

Xususan, "Navbahor" futbolchilari Georgiy Jgerenaya, Muhammadqodir Hamraliyev va Vanya Ilichning qo‘pol harakatlariga hakam yetarlicha munosabat bildirmagani iddao qilinmoqda.

"Paxtakor" vakillarining fikricha, Vanya Ilich 8-daqiqadayoq ketma-ket ikki qoidabuzarligi uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatilishi kerak edi. Biroq futbolchi ilk ogohlantirishini faqat 58-daqiqada olgan.

Shu bilan birga, 31- va 35-daqiqalarda toshkentliklar futbolchilari Dilshod Saitov hamda Sardor Sobirxo‘jayev nisbatan yengil qoidabuzarliklar uchun sariq kartochka bilan jazolangani ta’kidlangan.

Klub bunday holatni "Neftchi"ga qarshi bo‘lajak uchrashuv oldidan jiddiy signal sifatida baholamoqda.

Penalti va VAR qarorlari ham e’tirozga sabab bo‘ldi

"Paxtakor" o‘z darvozasiga belgilangan penaltining IFAB qoidalariga muvofiqligiga shubha bildirgan.

Shuningdek, klub Sardor Sobirxo‘jayev va Flamarionga nisbatan raqib jarima maydonchasida sodir etilgan deb hisoblayotgan qoidabuzarliklar hakam e’tiboridan chetda qolganini qayd etgan.

Bayonotda aytilishicha, VAR hakami Firdavs Norsafarovning tavsiya va mulohazalariga qaramay, Ilgiz Tantashev penalti bo‘yicha o‘z qarorini o‘zgartirmagan.

Klub avvalgi hakamlik qarorlarini ham esladi

"Paxtakor" rahbariyati 18 sentyabr kuni o‘tkazilgan "Navbahor" — "Dinamo" uchrashuvidagi bahsli vaziyatlarga ham e’tibor qaratdi.

O‘sha bahsda Tantashev VAR hakami vazifasini bajargan va qizil kartochka bilan bog‘liq epizod yuzasidan e’tirozlar yuzaga kelgan edi. Klubning bildirishicha, mazkur holat bo‘yicha qanday chora ko‘rilgani jamoatchilikka ochiq ma’lum qilinmagan.

Bundan tashqari, Erkinovning goli oldidan ofsayd chizig‘i qanday asosda belgilangani ham alohida tekshirilishi talab qilinmoqda.

Bayonotda hakamlar Sanjar Shoyusupov va Ravshan Abduvohidovga nisbatan qo‘llanilgan choralar masalasi ham ko‘tarilgan.

Klub ma’lumotiga ko‘ra, har ikki hakam mavsum oxirigacha chetlatilgan bo‘lsa-da, Shoyusupov keyingi uchta uchrashuvda qanot hakami sifatida ishlagan, shuningdek, "Surxon" ishtirokidagi bahsda AVAR vazifasini bajargan. Abduvohidov esa maydonda hakamlik qilmagan.

"Paxtakor" ushbu farqning sabablariga rasmiy izoh berilishini istamoqda.

"Paxtakor" shaffof tekshiruv talab qilmoqda

Toshkent klubi hakamlarni asossiz ayblash niyati yo‘qligini, biroq bahsli qarorlar va intizomiy choralardagi tafovutlar xolis o‘rganilishi shartligini ta’kidlagan.

Rahbariyat hakamlarning mavsum davomidagi faoliyati, uchrashuvlarga tayinlanishi va bahsli epizodlardan keyin qabul qilingan qarorlar ochiq tahlil qilinishini talab qilmoqda.

Shuningdek, klub avvalgi hakamlik muammolari ortidan bosh homiysidan ayrilganini eslatib, shunga qaramay so‘nggi ikki mavsumda Osiyo Chempionlar ligasi Elit musobaqasida munosib ishtirok etib kelayotganini bildirgan.

"Paxtakor"ning asosiy talabi — futbolda adolatli hakamlikni ta’minlash, barcha bahsli holatlarga bir xil mezonlar asosida baho berish va qabul qilingan qarorlar yuzasidan shaffoflikni kuchaytirish.

Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 11:20, 19.10.2026.
O'qildi: 1105 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик