Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 19:00 Navbahor 3-1 G'azalkent
21/10 21:45 Lill 2-4 Galatasaroy
21/10 21:45 Komo 4-1 Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante 3-1 Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya 2-2 Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid 4-1 RB Leypsig
21/10 23:59 Inter 1-0 Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa 3-1 Viking
21/10 23:59 Betis 1-0 Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge 3-0 Lans
21/10 23:59 Sporting 2-3 LASK
23/10 23:45 Torino - Monsa
24/10 00:00 Alaves - Malaga
24/10 00:00 Ipsvich - Nottingem Forest

Arteta: "So‘nggi soniyagacha kurashishimizga to‘g‘ri keldi"

Arteta: "So‘nggi soniyagacha kurashishimizga to‘g‘ri keldi"

Baho:
+ | -

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premyer-ligasining 7-turida "Nottingem Forest" ustidan qozonilgan g‘alabaga munosabat bildirdi.

Londonliklar safarda kechgan uchrashuvda raqibini 1:0 hisobida mag‘lub etib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritishdi.

Artetaning ta’kidlashicha, jamoasi g‘alaba uchun so‘nggi soniyalargacha kurashishiga to‘g‘ri kelgan.

"Oldingi o‘yinda g‘alaba qozona olmagandik, ammo bu safar maqsadimizga erishdik.

Biz so‘nggi soniyagacha kurashdik. Raqib yaxshi tayyorlangan jamoa, uning himoyasini yorib o‘tish oson emas.

Tavakkal qilishimizga to‘g‘ri keldi, chunki raqib juda xavfli edi. Shuningdek, hissiy bosimni ham yengib o‘tishimiz kerak edi.

Futbolchilarimiz butun uchrashuv davomida diqqatni yo‘qotishmadi. Zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchilar esa bahsning borishiga katta ta’sir ko‘rsatishdi", — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi BBC.

Qayd etish joiz, "Arsenal" yettita turdan so‘ng 18 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Londonliklar peshqadam "Manchester Siti"dan uch ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 11:29, 19.10.2026.
O'qildi: 482 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик