Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa sardori Federiko Valverdening universalligi va fidoyiligini yuqori baholadi.
Mutaxassis La Liganing 9-turida «Sevilya»ga qarshi kechgan uchrashuvda urugvaylik futbolchining himoya qanotida harakat qilganiga to‘xtaldi.
«Fede Valverde — “Real” sardori. Uni himoyaning o‘ng qanotida o‘ynashga ko‘ndirishning hojati yo‘q. Agar jamoa manfaati uchun darvozabon bo‘lishi talab etilsa, u hech ikkilanmay qo‘lqop kiyib, darvozaga turadi», — deya Mourinyoning so‘zlarini keltiradi Marca.
«Real» mazkur bahsda «Sevilya»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan Valverde 85-daqiqada Eder Militaoga almashtirildi.
Ushbu g‘alabadan keyin madridliklar 21 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. «Real» navbatdagi uchrashuvini 25 oktyabr kuni «Barselona»ga qarshi o‘tkazadi.













