Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

«Bu sharmandalik!» — «Kristal Pelas» murabbiyi 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Pyer Saj Angliya Premyer-ligasining 7-turida «Brayton»dan qabul qilingan 0:5 hisobidagi yirik mag‘lubiyat uchun barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

Fransiyalik mutaxassis jamoasining o‘yinidan qattiq norozi ekanini bildirib, muxlislardan uzr so‘radi.

«Bu mening aybim, chunki jamoani men boshqaraman. Futbolchilarni ruhlantirish, ularni turli vaziyatlarga tayyorlash mening vazifam. Bugun shu qadar yomon o‘ynadiki, buning uchun o‘zimni aybdor deb hisoblayman.

O‘yinni tahlil qilish qiyin, chunki salbiy jihatlar juda ko‘p. Uchrashuvni nihoyatda yomon boshladik. Bunday bahsda 9 daqiqa ichida 3 ta gol o‘tkazib yuborish mutlaqo g‘ayritabiiy holat.

Jamoani maydonga men tayyorlayman, shuning uchun sodir bo‘lgan barcha voqealarga javobgarman. Endi oldimizda katta ish turibdi. Bunday holatlarni o‘zgartirishimiz shart.

Muxlislarimizdan chin dildan kechirim so‘ramoqchiman. Biz kutilgan darajada o‘ynay olmadik. Bu uchrashuv ular uchun qanchalik muhimligini yaxshi bilaman. Afsuski, bugun maydonda uning biz uchun ham shunchalik ahamiyatli ekanini ko‘rsata olmadik.

O‘yindan keyingi hissiyotlarimmi? Faqat bitta — uyat. Bunday uchrashuvlarda o‘zingizni butunlay boshqacha ko‘rsatishingiz kerak. Biz esa eng yomon qiyofamizni namoyish etdik», — deya Sajning so‘zlarini keltiradi BBC.

Ayni paytda «Kristal Pelas» Angliya chempionatining 7 turidan keyin 7 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:55, 19.10.2026.
O'qildi: 751 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик