Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Passini «Inter»ning boshqa jamoalardan ustun jihatini aytdi

Baho:
+ | -

«Inter» va Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Jampaolo Passini milanliklarning joriy mavsumdagi imkoniyatlarini yuqori baholadi.

Mutaxassis sifatida fikr bildirgan sobiq futbolchi A Seriyaning 7-turida «Bolonya» ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng «neradzurri»ning boshqa raqiblardan ajralib turadigan jihatiga e’tibor qaratdi.

«Inter» — Italiya chempionatida hatto 100 foiz tayyor bo‘lmagan holatda ham g‘alaba qozona oladigan yagona jamoa. Bunga tarkibning kuchliligi va zaxiradan sifatli futbolchilarni maydonga tushirish imkoniyati sabab bo‘lmoqda», — deya Passinining so‘zlarini keltiradi FC Inter News nashri Sport Mediaset'ga tayanib.

Eslatib o‘tamiz, «Bolonya»ga qarshi bahsda milanliklar dastlab hisobda ortda qoldi. 10-daqiqada Tommazo Pobega mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 44-daqiqada Markus Tyuram muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limda Karlos Augusto va Anj-Yoan Bonnining gollari «Inter»ga 3:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

Ayni paytda «Inter» 19 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Lasio» ham shuncha ochko jamg‘argan, biroq milanliklar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustunlikka ega.

Kiritildi: 13:12, 19.10.2026.
O'qildi: 701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик