Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 19:00 Navbahor 3-1 G'azalkent
21/10 21:45 Lill 2-4 Galatasaroy
21/10 21:45 Komo 4-1 Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya - Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid - RB Leypsig
21/10 23:59 Inter - Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa - Viking
21/10 23:59 Betis - Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge - Lans
21/10 23:59 Sporting - LASK
23/10 23:45 Torino - Monsa
24/10 00:00 Alaves - Malaga
24/10 00:00 Ipsvich - Nottingem Forest

De Dzerbi: «Risharlison gaplashmoqchi bo‘lsa, oldimga kelsin»

De Dzerbi: «Risharlison gaplashmoqchi bo‘lsa, oldimga kelsin»

Baho:
+ | -

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi jamoaning braziliyalik hujumchisi Risharlison bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

Avvalroq londonliklar futbolchini asosiy tarkibdan chetlatgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bunga Risharlisonning so‘nggi lahzada «Everton»ga o‘tishdan bosh tortgani va bu qarori bilan klubni qiyin vaziyatda qoldirgani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Italiyalik mutaxassis esa futbolchiga nisbatan hech qanday qaror qabul qilmaganini ta’kidladi.

«Men bu haqda hech narsa bilmayman. Bu men hal qiladigan masala emas. Risharlison bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilganim yo‘q. Savollaringizni klub rahbariyatiga berishingiz kerak.

Agar u men bilan gaplashmoqchi bo‘lsa, marhamat, kelsin. Qayerdan topishni yaxshi biladi. Men ertalab soat 8:30 dan kechgacha o‘z xonamda bo‘laman.

Mening hech kim bilan muammom yo‘q», — deya De Dzerbining so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Hozircha Risharlisonning «Tottenxem»dagi keyingi taqdiriga aniqlik kiritilmagan.

Kiritildi: 15:49, 19.10.2026.
O'qildi: 583 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик