Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 19:00 Navbahor 3-1 G'azalkent
21/10 21:45 Lill 2-4 Galatasaroy
21/10 21:45 Komo 4-1 Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya - Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid - RB Leypsig
21/10 23:59 Inter - Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa - Viking
21/10 23:59 Betis - Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge - Lans
21/10 23:59 Sporting - LASK
23/10 23:45 Torino - Monsa
24/10 00:00 Alaves - Malaga
24/10 00:00 Ipsvich - Nottingem Forest

Laporta: "Yamalni pul bilan "PSJ"ga og‘dirish oson emas"

Laporta: "Yamalni pul bilan "PSJ"ga og‘dirish oson emas"

Baho:
+ | -

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Lamin Yamalning "PSJ"ga o‘tib ketish ehtimolidan xavotirda emasligini bildirdi.

Kataloniya klubi rahbaridan Parij jamoasi yosh yulduzga yuqoriroq maosh taklif qilib, uni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi haqida so‘rashdi.

Laporta bunday vaziyatdan tashvishlanmayotganini ta’kidlab, "Barselona" futbolchilar uchun yetarlicha qulay sharoit yaratib berayotganini aytdi.

"Yo‘q, bundan xavotir olmayapman. Biz o‘z imkoniyatlarimizga ishonamiz. "Barselona" futbolchilariga yaxshi maosh to‘laydi va bu doim shunday bo‘lgan.

Eng muhimi, o‘yinchilar klubda o‘zlarini qulay his qilishlari kerak.

Barselonadan tashqarida juda sovuq! Biz esa bu yerda baxtlimiz!

"Barselona" — faoliyati yaxshi tashkil etilgan, mustahkam tuzilmaga ega va samarali boshqariladigan ko‘p tarmoqli sport klubi. Futbolchilar buni qadrlashadi", — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal 2026/2027 yilgi mavsumda "Barselona" safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:35, 19.10.2026.
O'qildi: 794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик