Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Gasperini: "Raqibni mensimaslikka haqqimiz yo‘q, bizga g‘alaba kerak"

Baho:
+ | -

"Roma" bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini Chempionlar ligasida Bratislavaning "Slovan" klubiga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Italiyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, Rim jamoasiga g‘alaba juda zarur va shu sababli raqibga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lish mumkin emas.

"Slovan" — jismoniy jihatdan yaxshi tayyorlangan, tezkor va tarkibida bir nechta kuchli futbolchilari bor jamoa.

Ehtimol, ular saviya jihatidan Chempionlar ligasining ayrim ishtirokchilaridan ortda qolar. Biroq bu musobaqada har bir uchrashuv qiyin kechadi.

Biz raqibni mensimaslikka haqqimiz yo‘q, chunki g‘alaba qozonishimiz shart", — dedi Gasperini matbuot anjumanida.

Murabbiy musobaqaning keyingi bosqichiga chiqish uchun ochko jamg‘arish muhimligiga ham to‘xtaldi.

"So‘nggi bir necha yilda taxminan 10–11 ochko muhim mezon bo‘lib keldi. Safarda o‘ynash doimo qiyin, shuning uchun o‘z maydonimizdagi uchrashuvlarda g‘alaba qozonishimiz kerak. Asosiy maqsadimiz shu", — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, "Roma" Chempionlar ligasining dastlabki ikki turida bir ochko jamg‘ardi. Rimliklar "Fenerbaxche" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, "Real"ga qarshi bahsda ikki to‘plik ustunlikni qo‘ldan chiqarib, 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

"Roma" va "Slovan" o‘rtasidagi uchrashuv 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 22:40, 19.10.2026.
O'qildi: 834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик