Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 19:00 Navbahor 3-1 G'azalkent
21/10 21:45 Lill 2-4 Galatasaroy
21/10 21:45 Komo 4-1 Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante 3-1 Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya 2-2 Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid 4-1 RB Leypsig
21/10 23:59 Inter 1-0 Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa 3-1 Viking
21/10 23:59 Betis 1-0 Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge 3-0 Lans
21/10 23:59 Sporting 2-3 LASK
22/10 18:30 Bunyodkor - Mash’al
23/10 19:00 Paxtakor - Neftchi
23/10 19:00 Buxoro - Surxon
23/10 23:45 Torino - Monsa
24/10 00:00 Alaves - Malaga
24/10 00:00 Ipsvich - Nottingem Forest

"Trabzonspor" "Beshiktosh"ni yengdi — Salohning ajoyib seriyasi davom etmoqda

"Trabzonspor" "Beshiktosh"ni yengdi — Salohning ajoyib seriyasi davom etmoqda

Baho:
+ | -

Turkiya Superligasining 8-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan birida "Trabzonspor" o‘z maydonida "Beshiktosh"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Trabzon shahridagi "Papara Park — Shenol Gyunesh" stadionida kechgan bahsda mezbonlar har ikki bo‘limda bittadan gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida turkiyalik yarim himoyachi Ozan Tufan hisobni ochib, "Trabzonspor"ni oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda esa misrlik yulduz Muhammad Saloh o‘z so‘zini aytdi. 71-daqiqada hujumchi Frankulinu Juning golli uzatmasini samarali yakunlab, jamoasining ustunligini oshirdi va yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Saloh joriy mavsumda ham yuqori natijadorlik namoyish etmoqda. U "Trabzonspor" safida barcha musobaqalar doirasida o‘tkazgan 11 ta uchrashuvida 9 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ushbu g‘alabadan keyin "Trabzonspor" ochkolari sonini 16 taga yetkazib, Turkiya chempionati turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. 15 ochkoga ega "Beshiktosh" esa 5-pog‘onadan joy olgan.

Navbatdagi turda "Trabzonspor" 26 oktyabr kuni safarda "Rizespor"ga qarshi maydonga tushadi. "Beshiktosh" esa shu kuni o‘z maydonida "Istanbul Bashakshehir"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 09:51, 20.10.2026.
O'qildi: 1169 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик