Transfermarkt portali Yevropaning eng kuchli o‘nta milliy chempionatida joriy mavsumning eng ko‘p golli uzatma amalga oshirgan futbolchilari reytingini e’lon qildi.
Reytingni tuzishda faqat milliy chempionatlar doirasidagi o‘yinlar hisobga olingan. Mamlakat kuboklari hamda yevrokuboklarda qayd etilgan natijalar statistikaga kiritilmagan.
Ro‘yxatning birinchi pog‘onasini Fransiyaning "Lans" klubi hujumkor yarim himoyachisi Floryan Toven egalladi. 33 yoshli futbolchi joriy mavsumda 607 daqiqa maydonda harakat qilib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.
Ikkinchi o‘rindan tajribali yarim himoyachi Paskal Gross joy oldi. U 611 daqiqa davomida 6 ta golli uzatma qayd etgan.
"Barselona"ning 19 yoshli yulduzi Lamin Yamal ham yetakchilar qatoridan o‘rin olgan. Ispaniyalik futbolchi 741 daqiqada 6 ta assist amalga oshirgan.
"Feyenoord" himoyachisi Jivayro Rid hisobida ham 6 ta golli uzatma mavjud. Niderlandiyalik futbolchi bu natijaga 751 daqiqa ichida erishgan.
Shu tariqa, Floryan Toven Yevropaning yetakchi o‘nta chempionatida golli uzatmalar soni bo‘yicha yagona peshqadam bo‘lib turibdi.













