Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

AYEK murabbiyi - «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin oldidan: «Himoyaviy o‘yin bizga yordam bermaydi»

Baho:
+ | -

AYEK bosh murabbiyi Marko Nikolich Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Manchester Siti»ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv oldidan jamoasining kayfiyati haqida gapirdi.

Bahs 20 oktyabr kuni Manchesterdagi «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

«Biz hayajondamiz. Bizni top-darajadagi jamoa, yuqori saviyali futbolchilar va ajoyib murabbiyga qarshi uchrashuv kutmoqda. Bu jamoa juda chiroyli futbol namoyish etadi va o‘z maydonida o‘ynaydi.

Biz o‘z o‘yin uslubimizni o‘zgartirmaymiz, xarakterimiz va o‘ziga xosligimizni namoyish etamiz. Agar himoyaviy o‘yin bilan boshlasak, bu bizga yordam bermaydi.

To‘pni nazorat qilish va hujumga o‘tish uchun imkoniyatlar topishimiz kerak. Bu oson bo‘lmaydi, ammo harakat qilib ko‘rishimiz shart», — deya Nikolichning so‘zlarini keltiradi UYEFA matbuot xizmati.

Shuningdek, mutaxassis «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolannning uchrashuvda ishtirok etmasligi ehtimoli haqidagi savolga ham javob berdi.

«Xolann — eng yaxshi hujumchilardan biri. Men uchun u dunyodagi eng yaxshi hujumchi.

Hatto raqibim bo‘lsa ham, futbolchining jarohat sabab maydonga tusha olmasligidan hech qachon xursand bo‘lmayman. Men bunday inson emasman.

Unga tezroq sog‘ayib, maydonga qaytishini tilayman», — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

AYEK Chempionlar ligasi umumiy bosqichining dastlabki ikki turida LASKni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va «Shaxtyor»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

«Manchester Siti» esa «Portu» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, «PSJ»ga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Kiritildi: 12:48, 20.10.2026.
O'qildi: 547 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик