Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo 21 yoshli Arda Gyulerdan markaziy yarim himoyachi sifatida ko‘proq foydalanishni rejalashtirmoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, turkiyalik futbolchining «Sevilya»ga qarshi uchrashuvdagi muvaffaqiyatli harakatlari (4:1) portugaliyalik mutaxassisning bu boradagi qaroriga ta’sir ko‘rsatgan.
Mourinyo Gyulerning maydon markazidagi harakatlari jamoaga to‘pni yaxshiroq nazorat qilish va hujumlarni samarali tashkil etishda yordam beradi, deb hisoblamoqda. Xususan, futbolchining maydon ichkarisidan uzatmalar berish qobiliyatiga katta umid bog‘lamoqda.
Avvalroq portugaliyalik murabbiy Gyulerni ushbu pozisiyada o‘ynatish qanchalik to‘g‘ri ekaniga shubha bilan qaragan.
Biroq endi u turkiyalik yarim himoyachidan mazkur pozisiyada tez-tez foydalanishga tayyor. Ayniqsa, «Real»dan ko‘proq hujumkor o‘yin talab etiladigan uchrashuvlarda Gyulerga shu vazifani topshirish rejalashtirilmoqda.













