Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

«PSJ»ning ikki futbolchisi jarohatdan tiklandi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» Chempionlar ligasining 3-turida «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan ikki futbolchisining safga qaytishi bilan bog‘liq xushxabar oldi.

Magnes Akliush va Senni Mayulu jismoniy holati bilan bog‘liq muammolardan to‘liq tiklandi. Har ikki futbolchi ham Luis Enrikening uchrashuv qaydnomasidan joy olishga tayyor.

Diario AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, ular dushanba kuni jamoaning odatdagi mashg‘ulotida hech qanday cheklovlarsiz ishtirok etgan. Bu mashg‘ulot parijliklarning Chempionlar ligasi 3-turi oldidan so‘nggi tayyorgarligi bo‘ldi.

24 yoshli Akliush o‘tgan yozda «PSJ»ga kelib qo‘shilganidan buyon jamoaning qanotdagi muhim futbolchilaridan biriga aylandi.

20 yoshli Mayulu esa Vitinya, Fabian Ruis va Joau Nevesh bilan bir qatorda maydon markazida Luis Enrikega qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etmoqda.

Qizig‘i, har ikki futbolchi ham avval «Barselona» darvozasiga gol urgan.

Akliush 2024 yilning sentyabr oyida «Monako»ning kataloniyaliklar ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabasida gol muallifi bo‘lgan. Mayulu esa 2025 yilning oktyabrida «PSJ»ning «Barselona»ga qarshi 2:1 hisobida yakunlangan bahsida to‘p kiritgan.

Har ikki futbolchining asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmayotgan bo‘lsa-da, ularning safga qaytishi Luis Enrikening zaxira o‘rindig‘idagi imkoniyatlarini kengaytiradi.

Biroq parijliklar bosh murabbiyi himoya chizig‘idagi muhim muammoni hal qilishiga to‘g‘ri keladi. Nunu Mendesh uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.

Shu sababli «Barselona» vingeri Lamin Yamalga qarshi chap qanot himoyasida Lyuka Din, Lyuka Ernandes yoki Uorren Zair-Emeridan biri harakat qilishi mumkin.

«PSJ» va «Barselona» o‘rtasidagi uchrashuv seshanba kuni Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:36, 20.10.2026.
O'qildi: 853 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик