«Liverpul»ning sobiq yarim himoyachisi Ditmar Xamann Florian Virsning mersisaydliklar safida muvaffaqiyat qozonishiga ishonmasligini bildirdi.
Uning fikricha, germaniyalik futbolchi o‘z imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni yo‘qotgan.
«Virsning «Liverpul»da muvaffaqiyat qozonishini tasavvur qila olmayapman», — dedi Xamann GIVEMESPORT nashriga Betpack orqali bergan intervyusida.
«Menimcha, u o‘z qobiliyati va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni butunlay yo‘qotgan. Uning o‘zi ham Angliya Premyer-ligasi talablariga javob bera olishiga ishonmaydi, deb o‘ylayman», — deya qo‘shimcha qildi sobiq futbolchi.
Xamannning ta’kidlashicha, bosh murabbiy Virsdan o‘ninchi raqam pozisiyasida foydalanishni rejalashtirganiga qaramay, futbolchining o‘yini o‘tgan mavsumga nisbatan yaxshilanmagan.
Florian Virs «Bayer»dan «Liverpul»ga 116 million funt sterling evaziga ko‘chib o‘tgan. O‘sha paytda bu transfer mersisaydliklar tarixidagi eng qimmat xarid hisoblangan.
Germaniyalik futbolchi barcha musobaqalar doirasida 58 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Shuningdek, «Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager ham Virsning o‘yinini muntazam ravishda tanqid qilib kelmoqda.













