"Manchester Siti" va Londonning "Arsenal" klublarining sobiq himoyachisi Aleksandr Zinchenko Amsterdamning "Ayaks" klubidan taklif oldi. Bu haqda Telegraaf.nl xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Niderlandiyaning top-klubi ukrainalik flang himoyachisiga jamoa bilan birga mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniyatini taqdim etishga tayyor. Ayni paytda 29 yoshli futbolchi tizzasidan olgan jarohatidan keyin tiklanish jarayonini o‘tamoqda. U "Ayaks" bilan xayrlashganidan so‘ng erkin agentga aylangan.
Transfermarkt portali Zinchenkoning hozirgi bozor qiymatini 6 million yevro deb baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Aleksandr "Ayaks" safida atigi ikkita uchrashuvda maydonga tushgan.













