Madridning «Real» klubi himoyachisi Ibraima Konate 16 sentyabr kuni «Elche»ga qarshi uchrashuv oldidan Seuta aholisini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tayyorlangan futbolkani nima uchun to‘liq kiymaganiga izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, 30 iyul kuni Marokashdan 70 mingdan ortiq muhojir Ispaniyaning Seuta yarim anklavi hududiga kirishga uringan. Ularning katta qismi shaharda qolgan, hududga bostirib kirishga urinish chog‘ida esa o‘nlab odamlar halok bo‘lgan.
— Seuta aholisini qo‘llab-quvvatlash uchun tayyorlangan futbolka bilan bog‘liq vaziyatda nima bo‘lgan edi?
«Rostini aytsam, futbolkada nima aks ettirilganini tushunmaganman. O‘sha uchrashuvdan keyin bu haqda bilib oldim va ikki tomonni ham tushuna olaman.
Men Fransiyadanman va ko‘plab odamlar ham shunga o‘xshash vaziyatda, deb o‘ylayman.
Aynan o‘sha paytda nima nazarda tutilganini bilmaganman. Qanday yo‘l tutishni ham tushunmaganman.
Men butun e’tiborimni futbolga qaratishim kerak. Chunki bu yerga aynan futbol o‘ynash uchun kelganman.
Menimcha, bu masala ayrimlar ta’kidlayotganchalik muhim emas», — dedi Konate.













