Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 19:00 Navbahor 3-1 G'azalkent
21/10 21:45 Lill 2-4 Galatasaroy
21/10 21:45 Komo 4-1 Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante 3-1 Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya 2-2 Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid 4-1 RB Leypsig
21/10 23:59 Inter 1-0 Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa 3-1 Viking
21/10 23:59 Betis 1-0 Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge 3-0 Lans
21/10 23:59 Sporting 2-3 LASK
22/10 18:30 Bunyodkor - Mash’al
23/10 19:00 Paxtakor - Neftchi
23/10 19:00 Buxoro - Surxon
23/10 23:45 Torino - Monsa
24/10 00:00 Alaves - Malaga
24/10 00:00 Ipsvich - Nottingem Forest

Shmeyxel: «Rayyasiz «Arsenal» chempionlikka yaqin ham kelolmasdi»

Shmeyxel: «Rayyasiz «Arsenal» chempionlikka yaqin ham kelolmasdi»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning afsonaviy sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel «Arsenal»ning Angliya Premyer-ligasida chempion bo‘lishida David Rayya hal qiluvchi rol o‘ynaganini ta’kidladi.

Daniyalik sobiq futbolchining fikricha, ispaniyalik darvozabonsiz londonliklar chempionlikka hatto yaqinlasha olmagan bo‘lardi.

«Men o‘tgan mavsumda Rayyaning o‘ziga ham shu gaplarni aytganman. Agar u bo‘lmaganida, «Arsenal» chempionlikka yaqin ham kelolmasdi.

U eng muhim vaziyatlarda zarbalarni qaytarib, jamoasini qutqardi», — dedi Shmeyxel The Overlap Daily dasturida.

Sobiq darvozabon Rayyaning havodan uzatilgan to‘plarga chiqish borasida ham sezilarli darajada rivojlanganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ispaniyalik posbon shu qadar ishonchli o‘yin namoyish etmoqdaki, muxlislar endi undan raqibning har bir xavfli zarbasini qaytarishini kutishmoqda.

«Arsenal» o‘tgan mavsumda Angliya Premyer-ligasining 38 ta uchrashuvida bor-yo‘g‘i 27 ta gol o‘tkazib yuborgan va «Manchester Siti»ni yetti ochkoga ortda qoldirgan holda chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Joriy mavsumda ham londonliklar muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Jamoa dastlabki yettita turning oltitasida g‘alaba qozongan.

Shuningdek, «Arsenal» hozirgacha faqat beshta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lib, bu chempionatdagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Kiritildi: 17:08, 20.10.2026.
O'qildi: 544 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик