Turkiya futbol federasiyasi matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, Sergen Yalchin Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 53 yoshli mutaxassis va uning murabbiylar shtabi bilan to‘rt yillik shartnoma imzolandi.
«Yalchinga yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tilaymiz va ushbu qaror mamlakatimiz hamda jamoamiz uchun foydali bo‘lishiga umid qilamiz», — deyiladi federasiya bayonotida.
Yalchin professional faoliyatini 1991 yilda «Beshiktosh»da boshlagan. Ushbu klubda olti yil davomida 158 ta uchrashuvda maydonga tushib, 46 ta gol urgan. Shuningdek, u «Fenerbaxche», «Galatasaroy» va «Trabzonspor» jamoalarida ham to‘p surgan. Yalchin ushbu to‘rt klubning barchasida o‘ynagan birinchi futbolchi bo‘lgan.
2020 yilda Sergen «Beshiktosh» bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2021 yil 8 dekabrda mutaxassis Chempionlar ligasi doirasida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi o‘yinda 0:5 hisobidagi yirik mag‘lubiyatdan keyin lavozimidan iste’foga chiqqan.
2020/2021 yilgi mavsumda Yalchin «Beshiktosh»ni Turkiya chempionligi va mamlakat kubogidagi g‘alabaga olib kelgan.













