Manbaga ko‘ra, o‘sha paytda «Nyukasl» rahbariyati Artetaga shartnoma taklif qilgan. O‘sha vaqtda «Manchester Siti» tizimida ishlayotgan va bosh murabbiy sifatida hali tajriba orttirmagan mutaxassisning o‘zi ham taklifni qabul qilishga moyil bo‘lgan.
Biroq Arteta Angliya shimolida joylashgan klubni boshqarmadi. Bunga uning yordamchilari murabbiylar shtabida hozir bo‘lmagani sabab bo‘lgan. Qolaversa, Arteta jamoada ko‘rishni istagan ayrim mutaxassislar o‘sha vaqtda uning shtabiga qo‘shila olmagan.













