Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 19:00 Navbahor 3-1 G'azalkent
21/10 21:45 Lill 2-4 Galatasaroy
21/10 21:45 Komo 4-1 Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante 3-1 Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya 2-2 Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid 4-1 RB Leypsig
21/10 23:59 Inter 1-0 Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa 3-1 Viking
21/10 23:59 Betis 1-0 Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge 3-0 Lans
21/10 23:59 Sporting 2-3 LASK
22/10 18:30 Bunyodkor - Mash’al
23/10 19:00 Paxtakor - Neftchi
23/10 19:00 Buxoro - Surxon
23/10 23:45 Torino - Monsa
24/10 00:00 Alaves - Malaga
24/10 00:00 Ipsvich - Nottingem Forest

Fabregas: "Kerrik "Manchester Yunayted"da ajoyib ish bajardi"

Fabregas: "Kerrik "Manchester Yunayted"da ajoyib ish bajardi"

Baho:
+ | -

Italiyaning "Komo" klubi bosh murabbiyi Fransesk Fabregas Chempionlar ligasida "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida fikr bildirdi.

21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan ispaniyalik mutaxassis raqib jamoa va uning bosh murabbiyi Maykl Kerrikka yuqori baho berdi.

"Biz uchun xotirjamlikni saqlash juda muhim. Oldimizda hali bajarishimiz va o‘rganishimiz kerak bo‘lgan ko‘plab ishlar bor.

Ertaga maydonga ikkita jamoa tushadi va har ikkisi ham g‘alaba uchun kurashadi.

Biz raqibimizni juda hurmat qilamiz. Ularda ajoyib futbolchilar, kuchli murabbiylar shtabi va jamoani Chempionlar ligasiga qaytargan yuqori saviyali bosh murabbiy bor.

Ularni o‘z maydonimizda qabul qilish men uchun katta sharaf", — deya Fabregasning so‘zlarini keltiradi UYEFA matbuot xizmati.

Shuningdek, mutaxassis "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrikning faoliyati haqida ham gapirdi.

"Manchester Yunayted" — buyuk tarixga ega klub. Men Maykl Kerrikni taniyman.

U jamoani ushbu klubga munosib darajaga qaytarish orqali ajoyib ish bajardi", — dedi Fabregas.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining dastlabki ikki turidan so‘ng "Komo" va "Manchester Yunayted" hisobida uchtadan ochko mavjud.

Jamoalar turnir jadvalida mos ravishda 14 va 15-o‘rinlarni egallab turibdi.

Kiritildi: 22:23, 20.10.2026.
O'qildi: 734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик