Kataloniyaning «Barselona» klubi joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini Yevropa Chempionlar ligasida qabul qilib oldi.
Xans-Diter Flik shogirdlari musobaqa umumiy bosqichining 3-turida Parijda «PSJ» mehmoni bo‘lib, 2:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Ushbu natija kataloniyaliklarning mavsum boshidan buyon davom etib kelayotgan g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘ydi. «Barselona» Parijdagi uchrashuvga qadar barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 11 ta o‘yinda g‘alaba qozongan edi.
E’tiborlisi, Ispaniya grandi mazkur 11 ta bellashuvda raqiblari darvozasiga 48 ta gol kiritib, o‘z darvozasidan atigi 11 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
Endi «Barselona»ni yana bir jiddiy sinov kutmoqda. Kataloniyaliklar 25 oktyabr, yakshanba kuni Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasida o‘z maydonida azaliy raqibi — Madridning «Real» klubini qabul qiladi.













