FIFA tarixda ilk bor ayollar o‘rtasida klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini tashkil etadi. Musobaqa 2028 yil 5 yanvardan 30 yanvarga qadar AQSHda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Sports.kz.
«FIFA tarixidagi ilk ayollar o‘rtasidagi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2028 yilda AQSHda bo‘lib o‘tishini mamnuniyat bilan e’lon qilaman.
2025 yilda ilk klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga a’lo darajada mezbonlik qilgan, shuningdek, joriy yilda boshqa mamlakatlar bilan birgalikda futbol bo‘yicha eng yirik Jahon chempionatini muvaffaqiyatli qabul qilgan AQSHni tabriklayman.
Ishonchim komilki, ikki yildan so‘ng ushbu go‘zal mamlakat yana bir bor butun dunyoni birlashtirib, ayollar o‘rtasidagi eng kuchli klublarni qabul qiladi!» — dedi Infantino.
Ayollar o‘rtasidagi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati FIFA shafeligi ostida o‘tkaziladigan yangi musobaqa bo‘ladi. Uni har to‘rt yilda bir marta tashkil etish rejalashtirilgan.
Turnirning ilk mavsumida oltita qit’a futbol konfederasiyasi vakillari bo‘lgan 16 ta klub ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH 2026 yil yozida Kanada va Meksika bilan birgalikda futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqa tarixda ilk bor uchta mamlakatda o‘tkazilib, unda rekord darajadagi — 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi.













