Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida "Manchester Siti" o‘z maydonida AYEKni 5:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Angliya klubi bosh murabbiyi Enso Mareska ushbu natijaga munosabat bildirdi.
"Biz ajoyib o‘yin namoyish etdik. Bizga oson bo‘lmadi, ayniqsa, o‘z maydonimizda "PSJ"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin. Jamoa g‘alaba qozonishni istadi va o‘z maqsadiga erishdi.
Gol o‘tkazib yuborganimiz achinarli. O‘sha vaziyatda yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi. Shunga qaramay, "Manchester Siti" beshta gol urdi, vaholanki, bundan ham ko‘proq gol urishimiz mumkin edi", — deya bosh murabbiyning so‘zlarini keltiradi UYEFA matbuot xizmati.
"Shaharliklar" Chempionlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvini safarda Germaniyaning "RB Leypsig" klubiga qarshi o‘tkazadi.













