Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi yana bir raqibi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoamiz 17 noyabr kuni Doha shahrida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval jamoamiz FIFA kunlari doirasida 12 noyabr sanasida Rossiya bilan ham nazorat uchrashuvi o‘tkazishi e’lon qilingan edi.













