"Barselona" fevral oyidan buyon ilk bor bir uchrashuvda o‘z darvozasidan 4 ta gol o‘tkazib yubordi.
Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida "PSJ"ga qarshi safarda maydonga tushib, 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
"Barselona" so‘nggi marta 12 fevral kuni bir o‘yinda 4 ta gol o‘tkazib yuborgan edi. O‘shanda kataloniyaliklar Ispaniya kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvida "Atletiko"ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berishgan.













