"Tottenxem" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi jamoa himoyachisi Tosin Adarabioyo haqida fikr bildirdi. Futbolchi APLning 7-turidan o‘rin olgan "Koventri"ga qarshi uchrashuvda (3:1) ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi.
"Men Tosin uchun xursandman, chunki u o‘ynashga loyiq. U ajoyib inson. Bu kiyinish xonasidagi muhit uchun muhim, juda muhim", — deya De Dzerbining so‘zlarini keltiradi jurnalist Geri Uord.
Mutaxassis, shuningdek, Senesi ham avvalgi turda "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda (1:1) juda yaxshi o‘ynaganini ta’kidladi.
Joriy mavsumda Tosin barcha musobaqalar doirasida uchta uchrashuvda maydonga tushdi va gol hamda golli uzatma qayd etmadi.
Yetti turdan keyin "Tottenxem" 6 ochko jamg‘argan holda Premyer-liga turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.













