Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «PSJ» va «Barselona» o‘zaro to‘qnash keldi. Fransiya grandi o‘z maydonida kataloniyaliklarni 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
Ispaniya matbuoti parijliklarning ushbu uchrashuvdagi o‘yinidan hayratda qoldi. Jurnalistlar Luis Enrike shogirdlarining harakatlarini yuqori baholashdi.
Marca: «Chempionlar boshqa darajada».
Europa Press: «PSJ» «Barselona»ga Yevropaning qiroli kim ekanini eslatib qo‘ydi.
Mundo Deportivo: «Barsa» shiddatli o‘yinda chempionlardan qaqshatqich mag‘lubiyat qabul qilib oldi. «Ko‘k-anorranglilar» raqib tomonidan yaqqol ustunlik bilan mag‘lub etildi.
Cadena Ser: «PSJ» hamon musobaqaning asosiy favoriti bo‘lib qolmoqda. Parijliklar ketma-ket uchinchi chempionlik sari intilmoqda.













