«Bavariya» vingeri Maykl Olise sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra klubning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Fransiyalik futbolchi muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berishda 74,2 foiz ovoz to‘plab, Xarri Keyn va Jamal Musialani ortda qoldirdi. U avgust oyida ham ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan edi.
Sentyabr oyida Olise rasmiy uchrashuvlarda 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Chempionlar ligasida «Budyo-Glimt»ga qarshi bahsda (5:0) u bitta gol va bitta golli uzatma qayd etdi. Bundesligada «Union»ga qarshi uchrashuvda (7:0) esa xet-trikka erishib, Keynga golli uzatma berdi.
Bundan tashqari, muxlislar Olisening «Budyo-Glimt» darvozasiga urgan golini «Bavariya»ning sentyabr oyidagi eng chiroyli goli deb topishdi.













