Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

O‘zbekiston kubogi. “Navbahor” chorak finalda “G‘azalkent”dan ustun keldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogining chorak final bosqichida “Navbahor” “G‘azalkent”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Uchrashuv boshidanoq tashabbusni qo‘lga olishga intilgan namanganliklar birinchi bo‘limdayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etishdi. 16-daqiqada Umar Adhamzoda zarbasi aniq chiqmagan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib, Joel Kojo to‘pni Asadbek Rahimjonovga qulay tarzda yetkazib berdi. Biroq uning zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi.

“Navbahor”ning keyingi hujumlari ham xavfli ko‘rinish oldi. 26-daqiqada Jasurbek Jaloliddinov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Muhammadali G‘iyosov esa bosh bilan aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi — 1:0.

Oradan olti daqiqa o‘tib, namanganliklar ustunlikni yanada mustahkamlashdi. Joel Kojo navbatdagi hujumni kuchli va aniq zarba bilan yakunlab, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Qolgan daqiqalarda boshqa gol urilmadi va jamoalar tanaffusga “Navbahor”ning ikki gollik ustunligi bilan yo‘l olishdi.

Ikkinchi bo‘lim esa mezbonlar uchun kutilmagan voqea bilan boshlandi. 52-daqiqada “G‘azalkent” hujumini Lazizbek Mirzayev aniq zarba bilan yakunlab, hisobni qisqartirdi — 2:1. Bu gol uchrashuvdagi kurashni yanada keskinlashtirdi.

Mehmonlar tenglikka erishishga intilgan bir paytda “Navbahor” ham hujumkorlikni susaytirmadi. 67-daqiqada Shukron Yo‘ldoshev muhim seyvni amalga oshirdi. Bir daqiqa o‘tib esa Vanya Ilich tomonidan kiritilgan gol ofsayd sabab bekor qilindi. Vaziyat VAR orqali ham tekshirildi va hakamning dastlabki qarori o‘zgarishsiz qoldi.

70-daqiqada Shukron Yo‘ldoshev yana bir bor jamoasini qutqarib qoldi. Keyingi daqiqalarda Umar Adhamzoda, Saidazamat Mirsaidov va Jasurbek Jaloliddinov raqib darvozasiga xavf solishdi, ammo “G‘azalkent” posboni bir necha vaziyatda ishonchli harakat qildi.

Uchrashuvning 82-daqiqasida esa “Navbahor” g‘alabaga yanada yaqinlashdi. Muhammadqodir Hamraliyevning maydonga tushishidan ko‘p o‘tmay, Husayn Norchayev raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni 3:1 ga yetkazdi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi. Shu tariqa, “Navbahor” O‘zbekiston Kubogi chorak finalida “G‘azalkent”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l oldi va final yo‘llanmasi uchun OKMKga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston kubogi, chorak final
"NAVBAHOR" - "G‘AZALKENT" - 3:1
Gollar: Muhammadali G‘iyosov (26), Joel Kojo (32), Lazizbek Mirzayev (52), Husayn Norchayev (82).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:03, 21.10.2026.
O'qildi: 1122 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик