Madridning "Real" klubi vingeri Yan Diomande ketma-ket to‘rtinchi uchrashuvda samarali harakati bilan ajralib turdi.
19 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida "RB Leypsig"ga qarshi kechgan bahsda (4:1) 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Diomande 83-daqiqada Kilian Mbappega golli uzatma berdi, 87-daqiqada esa sobiq jamoasi darvozasini o‘zi ishg‘ol qildi.
Ivuarlik futbolchi bundan avval "Sevilya"ga qarshi o‘yinda (4:1) bitta gol va bitta assist qayd etgan, "Roma" bilan bahsda (4:3) Mbappening goliga hammualliflik qilgan edi. Shuningdek, u "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvda (1:0) g‘alaba golini kiritgan.
Shu tariqa, Diomande so‘nggi to‘rtta o‘yinda 3 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Joriy mavsumda 19 yoshli vinger "Real" safida barcha musobaqalar doirasida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.













