Madridning "Real" klubi muxlislari Chempionlar ligasidagi "RB Leypsig"ga qarshi uchrashuv vaqtida "Barselona" bilan bog‘liq Negreyra mojarosini yana kun tartibiga olib chiqishdi.
Musobaqa umumiy bosqichining 3-turidan o‘rin olgan bahsning ikkinchi bo‘limida "Santyago Bernabeu" tribunalarida "Negreyra jazosiz qolmasin!" degan yozuv tushirilgan banner namoyish etildi.

E’tiborlisi, Ispaniya futbol federasiyasi (RFEF) Hakamlar texnik qo‘mitasining (CTA) sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraning familiyasi bannerda "Barselona" klubi ranglariga mos ravishda qizil va ko‘k harflar bilan yozilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda "Barselona" klubi va uning rahbariyatiga Negreyraga amalga oshirilgan to‘lovlar yuzasidan pora berish bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilgan edi.













