Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler ketma-ket ikkinchi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
21 yoshli turkiyalik futbolchi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida "RB Leypsig"ga qarshi bahsning 52-daqiqasida Kilian Mbappening uzatmasini golga aylantirdi.
Bundan avval Gyuler Ispaniya chempionati doirasida "Sevilya"ga qarshi uchrashuvda ham gol urgan edi. Ushbu golga qadar yarim himoyachi "Real" safida ketma-ket oltita o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qila olmagan.
Shu tariqa, turkiyalik futbolchi madridliklar safidagi so‘nggi uchta uchrashuvda 2 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etib, jami 4 ta samarali harakatni amalga oshirdi.













