Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler Chempionlar ligasi umumiy bosqichida "RB Leypsig"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Turkiyalik futbolchi mazkur bahsda urgan goliga hazilomuz tarzda izoh berdi.
"Men Mbappening golini o‘g‘irlab oldim, chunki uning yana bitta gol urishini bilardim", — deya Gyulerning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, "Real" Germaniya klubini o‘z maydonida 4:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu bahsda Gyuler va Mbappe bittadan gol urishdi.
Madridliklar navbatdagi uchrashuvini Ispaniya chempionati doirasida "Barselona"ga qarshi o‘tkazadi.













