"Komo" yarim himoyachisi Niko Pas Chempionlar ligasida "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda uchta samarali harakatni amalga oshirdi.
Musobaqa umumiy bosqichining 3-turidan o‘rin olgan bahsda argentinalik futbolchi ikkita gol urish bilan birga, Anastasios Duvikasga golli uzatma ham berdi. Ikkinchi bo‘lim davom etayotgan bir paytda Italiya klubi 3:0 hisobida oldinda bormoqda.
Pas joriy Chempionlar ligasidagi gollari sonini 2 taga, golli uzatmalarini esa 3 taga yetkazdi.
Hozircha musobaqada undan ko‘proq samarali harakatni faqat "PSJ" hujumchisi Usmon Dembele va "Barselona" vingeri Lamin Yamal qayd etgan.
Dembele hisobida 3 ta gol va 3 ta assist, Yamal hisobida esa 2 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.
"Roma" futbolchisi Doniell Malen ham Niko Pas kabi 5 ta golli harakatni amalga oshirgan. U 3 ta gol urib, 2 ta golli uzatma bergan.













