Londonning «Chelsi» klubi Madridning «Real» jamoasi himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Jurnalist Saymon Fillipsning ma’lum qilishicha, angliyalik futbolchining transferiga «Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso shaxsan qiziqish bildirmoqda. Ispaniyalik mutaxassis yaqin vaqtgacha «Real»da faoliyat yuritgan.
Biroq londonliklar Trent uchun kurashda «Liverpul» bilan raqobatlashishi mumkin. Mersisayd klubi o‘z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarish variantini o‘rganmoqda.
28 yoshli himoyachi hozircha Joze Mourinyo boshchiligidagi «Real»ning asosiy tarkibida o‘z o‘rnini mustahkamlay olmayapti.
Aleksandr-Arnold joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portali angliyalik futbolchining transfer qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.













