«Manchester Yunayted» sport direktori Jeyson Uilkoks jamoa bosh murabbiyi etib Angliya Premyer-ligasida ish tajribasiga ega mutaxassisni tayinlashni istamoqda.
Uilkoks to‘rt nafar nomzoddan birini tanlashni taklif qilmoqda. Ular — «Nyukasl»ning sobiq murabbiyi Eddi Xau, avval «Chelsi» va «Tottenxem»da ishlagan Antonio Konte, «Aston Villa» ustozi Unai Emeri hamda «Brayton» bosh murabbiyi Fabian Hyurseler.
Biroq klubning rekruting bo‘yicha direktori Kristofer Vivell sport direktori bilan bir fikrda emas. U «Bavariya» va Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann nomzodini ma’qullamoqda.
Ayni paytda «Manchester Yunayted»ni Maykl Karrik boshqarib kelmoqda.
«Manchester Yunayted»ning joriy mavsumdagi natijalari:
- Jamoa mavsumdagi 11 ta uchrashuvning atigi ikkitasida g‘alaba qozongan. Qolgan bahslarning to‘rttasida durang qayd etilgan, beshtasida esa mag‘lubiyatga uchragan.
- Angliya Premyer-ligasida 13-o‘rinda bormoqda va quyi ligaga tushib ketish hududidan ikki ochko oldinda.
- Chempionlar ligasida esa 36 ta jamoa orasida 21-o‘rinni egallab turibdi.













