"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh bosh murabbiy Maykl Kerrik va uning shtabi haqidagi tanqidiy fikrlariga qaramay, jamoa sardori bo‘lib qoladi.
Portugaliyalik futbolchi Chempionlar ligasida "Komo"dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan (1:4) so‘ng murabbiylar shtabi tanlagan taktikaning to‘g‘riligiga shubha bildirgan edi.
Jurnalist Rob Dorsettning ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan ma’lumotiga ko‘ra, klub rahbariyati Fernandeshni sardorlik bog‘ichidan mahrum qilishni rejalashtirmayapti.
Biroq manbada portugaliyalik futbolchining boshqa intizomiy jazodan qutulib qolishi ham ehtimoldan yiroq ekani qayd etilgan.
"Manchester Yunayted" rahbariyati Fernandeshning bildirgan fikrlaridan norozi bo‘lgan. Shunga qaramay, klub vakillari "Komo"ga qarshi uchrashuv natijasini inobatga olgan holda, futbolchining munosabatini tushunish bilan qabul qilgan.
"Manchester Yunayted" navbatdagi uchrashuvini 25 oktyabr kuni Angliya Premyer-ligasi doirasida "Bornmut"ga qarshi o‘tkazadi.













