Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Aichi–Nagoya-2026: o‘zbekistonlik sportchilar musobaqaning 4-kunida 23 ta medalni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Yaponiyaning Aichi–Nagoya shahrida o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etishda davom etmoqda. Musobaqaning navbatdagi kunida sportchilar 7 ta oltin, 8 ta kumush va 8 ta bronza, jami 23 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Kun davomida o‘zbekistonlik sportchilar bir nechta rekord natijalarni qayd etdi. Erkaklar o‘rtasidagi F36 klassining yadro uloqtirish bahsida Barotjon Baxtiyorov 15,98 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritib, Para Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi.

Ayollar o‘rtasidagi F46 klassining nayza uloqtirish bahsida Shahinaxon Yigitaliyeva 44,99 metr natija bilan g‘olib chiqib, Osiyo rekordini yangiladi. F40 klassida disk uloqtirgan Madina Muxtorova 25,59 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritib, Para Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi. F41 klassida qatnashgan Navruza Ahmadova esa 30,11 metr natija bilan g‘olib bo‘lib, Osiyo rekordini yangiladi.

O‘zbekiston vakillari bir nechta yo‘nalishda shohsupaning ikki pog‘onasidan joy oldi. F35 klassining yadro uloqtirish bahsida Dilafruzxon Ahmadxonova 9,05 metr natija bilan kumush, Zuhro Fayzullayeva esa 7,57 metr natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi T1–2 klasslari guruh poygasida Marjona Pardaboyeva 1 soat 8 daqiqa 27 soniya natija bilan oltin, Odina Hamdamova esa 1 soat 8 daqiqa 35 soniya natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa, O‘zbekiston delegasiyasi bayroqdori Marjona Pardaboyeva musobaqaning ikki karra chempioniga aylandi.

S13 klassining 50 metrga erkin usulda suzish bahsida Mubinabonu Xalilova 28,04 soniya natija bilan oltin, Muslima Odilova esa 28,66 soniya natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi. F41 klassida disk uloqtirgan Navruza Ahmadova oltin, Kubaro Xakimova esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston sportchilarining 4-kungi medallari ro‘yxati:

Oltin medal:

  • Barotjon Baxtiyorov (parayengil atletika, F36 klassi, yadro uloqtirish) — 15,98 metr (Para Osiyo o‘yinlari rekordi);

  • Shahinaxon Yigitaliyeva (parayengil atletika, F46 klassi, nayza uloqtirish) — 44,99 metr (Osiyo rekordi);

  • Marjona Pardaboyeva (paravelosport, T1–2 klassi, guruh poygasi) — 1:08:27;

  • Yegor Bolotov (parasuzish, S13 klassi, 50 metrga erkin usulda suzish) — 24,39 soniya;

  • Mubinabonu Xalilova (parasuzish, S13 klassi, 50 metrga erkin usulda suzish) — 28,04 soniya;

  • Madina Muxtorova (parayengil atletika, F40 klassi, disk uloqtirish) — 25,59 metr (Para Osiyo o‘yinlari rekordi);

  • Navruza Ahmadova (parayengil atletika, F41 klassi, disk uloqtirish) — 30,11 metr (Osiyo rekordi).

Kumush medal:

  • Mohigul Sharobidinova (parayengil atletika, F56/57 klasslari, yadro uloqtirish) — 8,46 metr;

  • Dilafruzxon Ahmadxonova (parayengil atletika, F35 klassi, yadro uloqtirish) — 9,05 metr;

  • Xusnoraxon Qudratullayeva (parayengil atletika, F46 klassi, nayza uloqtirish) — 41,91 metr;

  • Sevinchbek Husanov (parayengil atletika, T12 klassi, uzunlikka sakrash) — 6,54 metr;

  • Odina Hamdamova (paravelosport, T1–2 klassi, guruh poygasi) — 1:08:35;

  • Azizbek Boynazarov (parasuzish, S8 klassi, 100 metrga chalqancha suzish) — 1:07.93;

  • Doston Qahhorov (parayengil atletika, T36 klassi, uzunlikka sakrash) — 5,44 metr;

  • Kubaro Xakimova (parayengil atletika, F41 klassi, disk uloqtirish) — 25,05 metr.

Bronza medal:

  • Pokiza Ahmadbekova (paravelosport, H1–3 klasslari, ayollar guruh poygasi);

  • Zuhro Fayzullayeva (parayengil atletika, F35 klassi, yadro uloqtirish) — 7,57 metr;

  • Zohira Qozoqova (parayengil atletika, F37 klassi, yadro uloqtirish) — 9,25 metr;

  • Jahongir Xalilov (paravelosport, T1–2 klasslari, erkaklar guruh poygasi) — 1:04:04;

  • Ilhom Halimov (parapauerlifting, erkaklar, +107 kg) — 223 kg;

  • Muslima Odilova (parasuzish, S13 klassi, 50 metrga erkin usulda suzish) — 28,66 soniya;

  • Izzat Turg‘unov (parayengil atletika, T36 klassi, uzunlikka sakrash) — 5,42 metr;

  • Farog‘at Muhammadqulova (parayengil atletika, F40 klassi, disk uloqtirish) — 21,25 metr.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi 4-kungi bahslarda 7 ta oltin, 8 ta kumush va 8 ta bronza, jami 23 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, O‘zbekiston delegasiyasining umumiy medallari soni 120 taga yetdi. Shundan 38 tasi oltin, 41 tasi kumush va 41 tasi bronza medaldir. O‘zbekiston umumjamoa hisobida Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi o‘rinda bormoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:47, 22.10.2026.
O'qildi: 1575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик