Yozgi transferlar oynasi vaqtida braziliyalik hujumchi “qaymoqranglilar” safida qolishga qaror qildi va klub bilan amaldagi shartnomasini 2032 yilga qadar uzaytirdi.
Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Junior yozgi transferlar oynasi vaqtida Londonning “Arsenal” jamoasiga ko‘chib o‘tish variantini jiddiy o‘ylab ko‘rgan. Bu haqda futbolchining agentlaridan biri Maykl Yormark ma’lum qilgan.
“U "Arsenal" taklifini jiddiy ko‘rib chiqqanmidi? Albatta, ha. "Arsenal"dek jamoa senga e’tibor qaratib, ular uchun qanchalik muhim o‘yinchi ekaningni his qildirsa, o‘z-o‘zidan bu chorlovga quloq tutasan. Ammo Vinining yuragi Madridda. U doim shu yerda bo‘lishni xohlagan va faoliyatining qolgan qismini ham aynan "Real"da o‘tkazishga umid qilmoqda”, deydi agent.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transferlar oynasi vaqtida braziliyalik hujumchi “qaymoqranglilar” safida qolishga qaror qildi va klub bilan amaldagi shartnomasini 2032 yilga qadar uzaytirdi.
Vinisius joriy mavsum klub safida jami 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portli futbolchining bozor qiymatinini 130 million yevroga baholagan.













