United Zone nashri xabar berishicha, uchrashuvning birinchi va ikkinchi bo‘limlari oralig‘ida bosh murabbiy Maykl Kerrik va hujumchi Mateus Kunya o‘rtasida og‘zaki tortishuv yuzaga kelgan. Murabbiy braziliyalik futbolchining o‘yinidan norozi bo‘lib, buni unga ochiq bildirgan.
Kunya esa tanqidni qabul qilmagan va almashtirilganiga keskin munosabat bildirgan. Hatto yakuniy hakam hushtagi chalinganidan keyin ham jamoa kiyinish xonasidagi tarang muhit saqlanib qolgan.













