«Ko‘k-anorranglilar» yakshanba kuni o‘z maydonida «qaymoranglilar»ni qabul qiladi.
"El-klasiko" men uchun har doim alohida ahamiyatga ega. Axir bolaligimdan “Barselona” muxlisiman.
“Real”ga qarshi ko‘plab uchrashuvlarni tomosha qilganman. Bu o‘yinga katta ishtiyoq va g‘alaba qozonish istagi bilan kirib bormoqdaman. Eng muhimi, maydonga tushish va g‘alaba qozonishni xohlayman.
Birinchi “el-klasiko”ga tayyor ekanimni his qilyapman. Xotirjamlikni saqlash va o‘z kuchingga ishonish muhim. Maydonga tushganingda, o‘yinga diqqatingni qaratishing va ortiqcha o‘ylarga berilmasliging kerak», — deya 19 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.













