Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Xyurseler «Manchester Yunayted»ni boshqarishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Brayton» bosh murabbiyi Fabian Xyurseler «Manchester Yunayted»ni boshqarishi mumkinligi haqida tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Nemis mutaxassisi hozirgi jamoasidagi faoliyatiga to‘liq e’tibor qaratganini ta’kidlab, mankunianliklar bilan bog‘liq mish-mishlar haqida o‘ylashga vaqti yo‘qligini ma’lum qildi.

«Hozir butun e’tiborimni shu yerdagi ishimga qaratganman. Bunday mish-mishlar haqida o‘ylashga vaqtim yo‘q, chunki biz har uch kunda maydonga tushyapmiz.

Bundan tashqari, men Maykl Karrikni va uning o‘tgan mavsumda «Manchester Yunayted»da amalga oshirgan ishlarini juda hurmat qilaman. U ajoyib inson va yuksak fazilatlarga ega shaxs.

Bu masalada boshqa qo‘shimcha qiladigan gapim yo‘q», — dedi Xyurseler.

Avvalroq «Manchester Yunayted» rahbariyati Maykl Karrik iste’foga chiqarilgan taqdirda, uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiylar ro‘yxatini shakllantirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Brayton» ustozi Fabian Xyurseler ham mankunianliklar bosh murabbiyligiga ehtimoliy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 16:24, 23.10.2026.
O'qildi: 672 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик