Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/10 00:45 Roma 4-2 Kalyari
28/10 00:45 Torino 1-3 Komo
28/10 15:00 Gamba Osaka 1-1 Buriram Yunayted
28/10 15:00 Kashima Antlers 3-0 Poxang Stilers
28/10 17:15 Persib 2-0 Melburn Viktori
28/10 17:15 Kong-Vittel 0-5 Seul
28/10 18:45 Nasaf 0-1 Kuvayt SK
28/10 18:45 Gol Gohar 0-0 Arkadag'
28/10 21:00 Al-Jaziyra - Al-Muharraq
28/10 21:00 An-Nahda - Ar-Rayyan
28/10 22:30 Milan 2-4 Bolonya
28/10 22:30 Parma 0-0 Udineze
28/10 22:30 Venetsiya 0-2 Inter
28/10 23:15 Xolidiya - Al-Vahda
28/10 23:15 Al-Faysaliy - At-Ta'vun
29/10 00:45 Jenoa 2-0 Yuventus
29/10 00:45 Monsa 1-4 Napoli
29/10 22:30 Frozinone - Lechche
30/10 00:45 Fiorentina - Atalanta

Andre Onana Turkiyada avtohalokatga uchrab, shifoxonaga olib ketildi (Foto)

Andre Onana Turkiyada avtohalokatga uchrab, shifoxonaga olib ketildi (Foto)

Baho:
+ | -

"Trabzonspor" klubi darvozaboni Andre Onana Turkiyada yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Kamerunlik futbolchi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun shifoxonaga olib borilgan.

Hodisa 22 oktyabr kuni "Trabzonspor"ning Konferensiyalar ligasida Shotlandiyaning "Xarts" klubi ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabasidan keyin sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 yoshli darvozabon oilasi bilan uyiga qaytayotgan vaqtda Trabzon yaqinidagi Yomra yo‘lida avtohalokatga uchragan. Orqadan katta tezlikda kelayotgan avtomobil Onananing mashinasiga borib urilgan. Zarba oqibatida futbolchining avtomobili oldindagi transport vositasi bilan ham to‘qnashgan.

Hodisadan so‘ng Onana ehtiyot chorasi sifatida shifoxonaga yetkazilgan. Tibbiy ko‘rik natijasida unda jiddiy jarohat aniqlanmagan va darvozabonga uyiga qaytishga ruxsat berilgan.

"Trabzonspor" prezidenti Ertug‘rul Do‘g‘an ham futbolchining sog‘lig‘iga xavf yo‘qligini tasdiqlagan. Avtohalokat vaqtida mashinada bo‘lgan Onananing oila a’zolari ham jarohat olmagan.

Eslatib o‘tamiz, kamerunlik darvozabon "Manchester Yunayted" klubiga tegishli bo‘lib, ayni paytda "Trabzonspor" safida ijara asosida harakat qilmoqda.

Kiritildi: 16:56, 23.10.2026.
O'qildi: 1557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик