Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

De la Fuente Messining «Oltin to‘p»ni yutishiga munosabat bildirdi: «Yo‘q, yo‘q, yo‘q»

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026 yilgi «Oltin to‘p» mukofoti uchun kurash haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Ispaniyalik mutaxassis Lionel Messining futbol tarixida qoldirgan ulkan merosini yuqori baholadi. Biroq u argentinalik yulduzni bu yilgi mukofot uchun o‘zining asosiy nomzodi sifatida ko‘rmayotganini ma’lum qildi.

De la Fuentedan Messining yana bir bor «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyati haqida so‘ralganda, u qisqa javob qaytardi.

«Yo‘q, yo‘q, yo‘q... Agar bu mukofotni ispaniyalik futbolchi qo‘lga kiritsa, juda xursand bo‘laman», — dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi faoliyati davomida sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibiga aylangan. Argentinalik futbolchi 2026 yilda ham nufuzli mukofotga nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan.

Biroq bu yil sovrin uchun asosiy favoritlar sifatida «Bavariya» hujumchisi Garri Keyn va «Barselona» vingeri Lamin Yamal ko‘rilmoqda.

Qayd etish joiz, Luis de la Fuente boshchiligidagi Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

«Oltin to‘p» mukofotini topshirish marosimi 26 oktyabr, dushanba kuni London shahrida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:43, 23.10.2026.
O'qildi: 967 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик