Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

"Milan" Menyanga nisbatan irqchilik qilganlarga keskin javob qaytardi

Baho:
+ | -

"Milan" Yevropa ligasida "Bornmut"ga qarshi uchrashuvdan keyin irqchilik ruhidagi haqoratlarga duch kelgan darvozabon Mayk Menyanni qo‘llab-quvvatlab, rasmiy bayonot e’lon qildi.

Italiya klubi ijtimoiy tarmoqlarda fransuz posboniga nisbatan bildirilgan kamsituvchi fikrlarni keskin qoraladi. Milanliklar irqchilik va diskriminasiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi ekanini ta’kidladi.

"Klub Mayk Menyan bilan to‘liq hamjihat ekanini bildiradi va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.

Biz hurmat, bag‘rikenglik va tenglik tamoyillarini targ‘ib qilishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz. Bular "Milan"ning asosiy qadriyatlaridir", — deyiladi klub rasmiy saytidagi bayonotda.

Shuningdek, "Milan" muxlislar va butun futbol jamoatchiligini birdamlikka chaqirdi. Klub vakillari Italiya futboliga avvalgi shuhratini qaytarish uchun nafaqat sport natijalari, balki o‘zaro hurmat ham muhimligini ta’kidlashdi.

"Barchamiz g‘alaba qozonishni istaymiz. Biroq g‘alabaga munosib tarzda, o‘zaro hurmat va yuksak madaniyatni saqlagan holda erishish kerak", — deyiladi murojaatda.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" Yevropa ligasining umumiy bosqichida "Bornmut"ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Mazkur uchrashuvda Mayk Menyan raqib yarim himoyachisi Tayler Adamsni ikki qo‘li bilan yuziga zarba bergani uchun qizil kartochka olib, maydondan chetlatilgan.

Kiritildi: 23:41, 23.10.2026.
O'qildi: 545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик