"Maykl Olise «Bavariya»ning superyulduziga aylandi. Mayklning biz bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi. Shuning uchun hozircha uning boshqa jamoaga o‘tishi haqida o‘ylamayapmiz.
Mavsum davomida u bilan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilamiz. Agar o‘sha paytga kelib u bundan manfaatdor bo‘lmasa, shunchaki kutib, 2029 yilda nima bo‘lishini ko‘ramiz. Men zarracha ham xavotirlanayotganim yo‘q", — dedi Xyoness.













