Veynaldum 77-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi. 35 yoshli yarim himoyachi uchun bu «Al-Ittihod» safida Saudiya Pro-ligasining joriy mavsumidagi birinchi gol bo‘ldi.
Futbolchi o‘tgan yozda «Al-Ittifoq» bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng erkin agent sifatida yangi jamoaga o‘tgan edi. Veynaldum bundan oldin Saudiya Arabistoni chempionatidagi so‘nggi golini 2026 yil 9 may kuni, sobiq jamoasi «Al-Ittifoq»ning «Al-Xalij» ustidan 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasi chog‘ida urgandi.













